Ichki yo‘llarni ta’mirlash davom etmoqda…

Date:

Yo‘llarning tekislanishi inson hayotining xavsizligi garovidir. Bundan tashqari, kishi manzilini yaqin qilishda ham muhim ahamiyatga ega desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, qish mavsumida yog‘ingarchilik sabab, ko‘chalarimizda cho‘kkan joylarida ancha vaqtgacha yomg‘ir suvi to‘planib, loy, botqoqlik bo‘lib ust-boshimizga sachragani ko‘ngilni xira qiladi.
Endilikda, ana shunday ko‘ngilxiraliklar bartaraf etilib, aholi turmush farovonligini o‘ylagan holda qilinayotgan islohotlar mahalla ahlini quvontirayotir. Ravon yo‘llar xalqimizni obod manzillar sari eltuvchi, aholining og‘irini yengil qiluvchidir. Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi avlod” mahallasidagi “Ot chopar”, “Hur vatan” ko‘chalarida, “Bobotog‘” mahallasidagi Obod diyor ko‘chasida hamda “Paxtaobod” mahallasining markaziy ko‘chasida toshlash, tekislash hamda asfatlash ishlari olib borilmoqda.
Mahallada istoqomat qiluvchi aholining turmush tarzi yaxshilanib, ko‘chalar obod va ko‘rkamlashmoqda.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun