Shaxmat musobaqasida…

Date:

Termiz shahridagi “Yoshlar saylgohi”da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Shaxmat” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda yosh iqtidorli shaxmatchi Umida Omonova ishtirok etdi. Bu ishtirok musobaqa ishtirokchilarini yanada ruhlantirdi va o‘zlariga bo‘lgan ishonchini oshirdi. Shu sabab musobaqa yuqori kayfiyatda, o‘zgacha ruhda davom etdi.
7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilarning bellashuvi qiziqarli burilishlarga boy bo‘ldi. Kimdir o‘zi uchun shaxmatning boshqa jihatlarini kashf etgan bo‘lsa, kimlar uchundir yangi usullarni o‘rganish fursati bo‘ldi uchbu musobaqa.
Havaskor shaxmatchilar (FIDE reytingi erkaklar 1600, ayollar 1500 gacha) o‘rtasida tuman (shahar)larda 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar g‘oliblik uchun tosh surdilar. Natija esa yomon bo‘lmadi va g‘oliblar yoshlar festivalida munosib taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun