Diplom va vaucherlar bilan taqdirlandi

Date:

“Besh tashabbus olimpiadasi” ko‘plab iqtidorlarni yuzaga chiqarishga, kashf etishga xizmat qilyapti. Ijodda va sportda mardi maydon bo‘layotgan yoshlar bu bilan o‘zlarining kuch va imkoniyatlariga munosib baho ham berishayotir. Termiz shahrida joylashgan Adib Sobir Termiziy axborot kutubxona markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Mushoira” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 16-30 yosh toifasida tuman-shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan 10 nafar yosh o‘zlarining ijodiy fikrlashlari, adabiyot haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ifodali o‘qilgan she’rlar, mazmunli va ma’noli fikrlar tomoshabinlarning vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi. Berilgan shartlardan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar g‘oliblik pillapoyasidan ko‘tarildi.
Bellashuv yakuniga koʻra Termiz shahrilik Aziza Qosimova 3-o‘rinni, Zilola Zoirjonova 2-o‘rinni, uzunlik Fazilat Diyorova 1-oʻrinni egallab, diplom va vaucherlar bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun