“Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi…

Date:

“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida hududlarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida Termiz harbiy prokuraturasi, boshqarma hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri uyushtirildi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish, harbiy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida uyushtirilgan bir kunlik sayohat o‘g‘il-qizlarda katta taassurot qoldirdi. Unda yoshlarga harbiy xizmatchilar o‘z jangovar mahoratlarini, harbiy texnikasini hamda xizmat itlarining imkoniyatlarini namoyon qilib, bo‘linmalardagi maxsus texnikalar, qurol-aslahalar hamda jihozlar bilan yaqindan tanishtirdilar.
Tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida arqon tortish, tosh ko‘tarish, shaxmat-shashka hamda kamondan otish sport turlari bo‘yicha musobaqalar uyushtirildi. Jismoniy va aqliy imkoniyatlar sinovdan o‘tkazilgan musobaqa barchaga katta qiziqish va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida “Rahbar va Yoshlar” uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Unda Termiz harbiy prokurori o‘g‘il-qizlar bilan muloqot qilib, ularning takliflari, xohish istaklarini tingladilar. Yurtimizda Qurollik Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritilib, zarur tavsiyalar berildi.

Daler Rahmatillayev,
Termiz harbiy prokurorining yordamchisi adliya katta leytenanti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vazir TerDPIda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Termiz davlat...

Polimer quvurlar o’zimizda ishlab chiqariladi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasida...

Inson resurslari rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali hamda...

Oldindan prognoz qilinadi

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy...
KunTun
KunTun