“Open byudjet” yuzasidan 39 ta shikoyat

Date:

Kechagina bozor-o‘chardan qaytayotsam, har qadamimda odamlarning “Tashabbusli byudjet”ga 25-30 ming so‘m evaziga ovoz to‘playotganining guvohi bo‘ldim. O‘g‘limning ustozi maktabining sport zali uchun ovoz berishimni so‘raganida farzandlarimiz uchun munosib shart-sharoit uchun ovoz bergandirman. Ammo ko‘pchilik ovoz berayotganlar pulini olib, qanday loyiha uchun ovoz berayotgani xayoliga ham kelayotgani yo‘q. Sheriklari so‘ramaysanmi deyishganida ham “menga nima, pulini olsam bo‘ldi-da” qabilida javob qaytarishmoqda. Boshqa tomondan o‘ylab qaraydigan bo‘lsak, haqiqatda qo‘llab-quvvatlanishi kerak bo‘lgan loyiha qolib, biz ovoz bergan loyiha g‘olib ham bo‘lar, lekin ushbu holat nechog‘lik to‘g‘ri?
“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumida ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat kelib tushganining o‘ziyoq savollarimizga munosib javobdek bo‘lib tuyiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, hududlar kesimida eng ko‘p shikoyat Farg‘ona viloyatidan (7 ta) tushgan. Shuningdek, Toshkent shahrida 6 ta, Namangan va Jizzax viloyatlarida 5 tadan shikoyat tushgan.
Shikoyatlarning ko‘pchiligi umumta’lim maktablari (19 ta) va tibbiyot tashkilotlarida (16 ta) kuzatilgan. Ma’lum qilinishicha, barcha murojaatlar tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun