Yangi kitob taqdimot qilindi

Date:

Kitob insonni kamolotga yetkazadi. Ma’naviy olamimizni boyitadi. Ayniqsa, zamondoshlarimiz yoki muhim va dolzarb mavzularda yozilgan kitoblar qadrli, hayotimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi tashabbusi bilan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Yangi O‘zbekiston fidoyisi” ilmiy-uslubiy qo‘llanmasi taqdimoti o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakilligi, imom-xatiblar, hojilar, ziyolilar ishtirok etdi.
Qayd etish joiz, qo‘llanma Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan targ‘ibotchi hojilarning kasb va yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, aholi o‘rtasida ishsizlikni yo‘qotish, jinoyatchilikning oldini olish, yot g‘oyalarga qarshi kurashish va oilaviy ajrimlarning oldini olish qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva hamda viloyat bosh imom-xatibi Aliakbar Sayfidinovning mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun