Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarga kvota tasdiqlandi

Date:

Yoshlarning oliy ta’limga qamrovini oshirish maqsadida ularning qiziqish va iqtidorlarini rag‘batlantirish maqsadida ma’lum yo‘nalishlarda tavsiyanomalar berilib, kvotalar ajratilmoqda. Shu ma’noda, oliy ta’lim muassasalariga o‘qish qabul qilish bo‘yicha harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9745 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, harbiy qism qo‘mondonligining besh foizli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarga kvotalar ta’lim shakllari kesimida kunduzgi – 6400 ta (davlat granti – 1 742 ta, to‘lov-kontrakt – 4 658), sirtqi – 2606 ta (to‘lov-kontrakt), kechki – 458 ta (to‘lov-kontrakt), masofaviy – 281 ta (to‘lov-kontrakt) taqsimlangan.
Ma’lumot uchun, harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va boshqa yo‘nalishlar uchun hisobga olinmaydi. Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Ushbu imtiyozdan foydalanishda abiturient grant uchun kamida 68 ball, kontrakt uchun kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. Undan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyat eshik ochsa…

Prezidentning 85-sonli farmoni ijrosi doirasida Denov tumanida faoliyat yuritayotgan...

Munosib ishtirok

Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sgan iqtidorli sportchi Shohita To‘rayeva III...

“Dala cheti madaniyati”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-son qarori ijrosini ta’minlash...

Loyihalar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish...
KunTun
KunTun