Yoshlar sayohatda

Date:

Anomal issiq bo‘lishiga qaramay, yoshlarning kayfiyati yuqori darajada. Ular ta’tilni maroqli o‘tkazishayotir. Bunda oromgohlar, sport mashg‘ulotlari, hunarmandchilik va til kurslari yoshlarning vaqtini maroqli va foydali o‘tishiga xizmat qilyapti. Termiz tuman prokuraturasi tashabbusi ham yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga sabab bo‘ldi. Xususan, otaliqqa olingan, uyushmagan va toifadagi yoshlar bilan tuman IIB binosida o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng, diqqatga sazovor joylarga sayohat o‘tkazildi.
Jumladan, yoshlar tuman prokurorining o‘rinbosari Sherzod To‘raqulov va boshqa mutasaddilar hamrohligida Al Hakim At-Termiziy majmuasini ziyorat qilindi. Majmua hududida joylashgan Termiz o‘lkashunoslik muzeyidagi eksponatlar hamda arxeologik topilmalar bilan tanishildi. Shundan so‘ng, yoshlar “Qorabayir otlari” mahorat maktabida bo‘lishdi. Maktab faoliyati, ot sporti mashg‘ulotlari bilan tanishuvdan so‘ng yoshlar bilan davra suhbati qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...

“To‘maris izdoshlari” bellashdi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy...

G‘olib talaba bo‘ladi

Yoshlarning ilmiy salohiyatini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularni ta’limga yanada...
KunTun
KunTun