O‘zbek-tojik azaliy do‘st

Date:

O‘zbek, tojik, turkman va qozoq kabi qardosh millat vakillari necha-necha asrlarkim, qon-qarindoshdek hamjihatlikda yashab kelishgan. Qo‘ni-qo‘shnichilik qilishgan, quda-andachilik ila bordi-keldini joyiga qo‘yishgan. Har yili 30-iyul sanasi “Xalqlar do‘stligi kuni” kuni sifatida nishonlab kelinadi. bu yil ham sana munosabati bilan Boysun tuman Madaniyat markazida Boysun tojik milliy ma’rifat va san’at markazi tashabbusi bilan “Tildoshlikdan dildoshlik afzal” hamda “O‘zbek-tojik azaliy do‘stligi abadiy bo‘lsin!” mavzusidagi do‘stlik kechasi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari J.To‘rayev, tuman hokimi B.Shukurov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori N.Jummayev, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati va tuman Kengashi deputatlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, ikki tilda ijod qiladigan ijodkorlar, tumandagi tashkilot va muassasa xodimlari ishtirok etishdi.
Tojikiston xalq artisti, boysunlik ijodkor Xayrullo Nasriddinov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sayyora Qosimova hamda tuman madaniyat bo‘limi xodimlari ijrosida do‘stlik haqidagi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Barcha o‘zbek-u tojik qardoshlar ma’naviy xordiq chiqarib, ko‘tarinki kayfiyatda xursandchilik qildilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda...

O‘zbekiston haqidagi xolis nigoh

O‘zbekistonning boy tarixi, ma’naviy merosi va bugungi taraqqiyotini xalqaro...

Janubda “Shukronalik darslari” o’tkazildi

Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Hayrabod...

Deputat tashabbusi

Oltinsoy tumanining “Yangiqurilish” mahallasi aholisi tomonidan toza ichimlik suvi...
KunTun
KunTun