Kuala Lumpurda xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi

Date:

Matematik hisob-kitoblar qiziqarli va zavqli mashg‘ulot. Jumboqlar, boshqotirmalar sizni to‘g‘ri yechim topishga undaydi. Buning uchun masala va topshiriqni to‘g‘ri usul bilan yechsangiz, kifoya. Shu sababdan ham matematika faniga qiziqishimiz yuqori bo‘ladi va shu dars boshlanishini intiqlik bilan kutamiz. Matematika fanini mustaqil o‘rganuvchilar, qo‘shimcha darslarga qatnaydiganlar ham bo‘ladi. Ularning bilim va mahoratini esa tanlovlar, olimpiadalar yuzaga chiqaradi.
Malayziya davlatida o‘tkazilgan “World Mathematics Invitational” xalqaro olimpiadasi ham ayni maqsadni ko‘zladi. Unda Sariosiyo tumani 1-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maktabining ikki nafar o‘quvchi-yoshlari ham ishtirok etib, finalga qadar borishdi. Qizg‘in bahslarda bilimlar sinaldi va maktabning 3-sinf o‘quvchisi Shahzoda Izzatullayeva 3-, ayni shu maktabning 7-sinf o‘quvchisi Baxtovar Rahmatullayev 4-o‘rinni egallab, Merit medali sovrindori bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun