«Ochiqlik indeksi»da qaysi idoralar yetakchi?

Date:

Ochiqlik bor joyda tushunmovchilik va ortiqcha savollarga o‘rin qolmaydi. Bu davlat organlari hamda mahalliy hokimiyatning o‘z faoliyati haqida xalqqa qancha axborot yetkazishi hamda ularning aholi vakillari bilan qay darajada yaqin va oshkora munosabat o‘rnatayotganligidan kelib chiqib, baholanadi.

Xo‘sh, O‘zbekistonda olib borilayotgan ochiqlik siyosati indeksida qaysi idora va tashkilotlar yetakchilik qilmoqda? Bunga oydinlik kiritish maqsadida Oliy Majlis huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi  “2021 yil uchun Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan “Ochiqlik indeksi” monitoringini olib bordi.

Monitoring davomida 24 ta vazirlik, 13 ta davlat qo‘mitasi va qo‘mitalar, 24 ta agentlik, 9 ta markaz va 14 ta mahalliy davlat hokimiyatidan tarkib topgan tashkilotlarning 2021 yildagi faoliyatining ochiqlik darajasi o‘rganildi.

Mazkur  reyting davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining salohiyatidan kelib chiqib, guruhlarga bo‘lib shakllantirildi.

Natijalariga ko‘ra:

– vazirliklar kesimida Adliya vazirligi (89,22),

 – Davlat qo‘mitalari va qo‘mitalar kesimida Davlat soliq qo‘mitasi (89,49),

– agentliklar ichida Yoshlar ishlari agentligi (88,07),

– markazlar ichida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (83,32)

 – hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari ichida Samarqand viloyati hokimligi (83,83) ball bilan eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etishdi.

Shuning bilan birga, “Ochiqlik indeksi” monitoringini baholash bo‘yicha ekspertlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zarxiv” agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Namangan va Xorazm viloyatlarining ochiqlik siyosatini olib borishdagi faol o‘rinlarni qayd etishdi.

Feruza Rahmonqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram bayramdek o‘tsin!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan aholi gavjum joylarda xavfsizlikni...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon oyining ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ruhini targ‘ib etish...

Ta’limda xalqaro tajriba

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, yetakchi...

Navro‘z sayllari boshlandi

Surxondaryo viloyatida bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z umumxalq...
KunTun
KunTun