“BIR MAHALLA — BIR MAHSULOT” TAMOYILI ASOSIDA
TIKUV MASHINALARI TOPSHIRILDI

Date:

Aholi bandligini va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash bugunning dolzarb masalalari sirasiga kiradi. Bir mahalla ahlining o‘zlari qiziqqan tarmoq atrofida birlashib, “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida ish tashkil etish, bir emas, ko‘pchilikni ish bilan ta’minlash, albatta, yaxshi natija berishi amaliyotda sinalgan. O‘rganishlar jarayonida Sherobod tumani “Katta hayot” mahalla ayollarining ko‘pchiligi qo‘li gul chevar, tikuv-bichuvga uquvi borligi ayonlashgach, bu tikuvchilikka ixtisoslashish lozimligini ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan tumandagi Z.M.Bobur nomli istirohat bog‘ida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida 16 nafar xotin-qizga 19 ta tikuv mashinasi topshirildi.

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorida qayd etilgan hududlarning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olib, mahalla aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashtirildi. sh, imtiyozli kreditlarni mavjud sharoit va oilalarning xohish-istaklari inobatga olingan holda ajratilmoqda.
Ushbu tikuv mashinalari “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kredit asosida berildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun