Prezident maslahatchisi Termiz tumanida

Date:

Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Surxondaryoda ham “Sayxunobod tajribasi” asosida aholini band qilish, tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, daromadli qilib, kambag‘allikni qisqartirish ishlari amalga oshirilayotir. Ushbu tajribaning viloyatimizda joriy etilishi bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan Gulyamov viloyatimizda bo‘lib turibdi.
Tashrifning birinchi manzili Termiz tumanidan boshlandi. Prezident maslahatchisi viloyat mutasaddilari, tuman sektor rahbarlari hamrohligida “Namuna” mahallasidagi xonadonlarda “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xususan, aholining asalarichilik, bog‘dorchilik, issiqxonachilik, parrandachilik hamda chorvachilik kabi yo‘nalishlardagi tajribalari ko‘zdan kechirildi.
Aholining har bir qarich yerdan unumli foydalanishdagi tajribasini yuqori baholagan Prezident maslahatchisi ushbu tajriba asosida boshqa mahallalarda ham ishlarni sifatli tashkil etish lozimligini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun