“Boysun bahori” xorijiy OAV nigohida

Date:

Sanoqli kunlardan so‘ng, “Boysun bahori” xalqaro festivalining o‘tkazilishi, Surxondaryoda bu borada qizg‘in tayyorgarlik ishlari ketayotgani butun dunyoga ovoza bo‘layotgani va ushbu nufuzli festivalga dunyo folklorshunoslari-yu mehmonlar katta qiziqish bildirilayotgani rost. Albatta, o‘tgan safargi festivalda ishtirok etib, “Boysun bahori”ning qizg‘in muhitini his etganlar bu yil ham ishtirok etish ishtiyoqida. Ana shunday ishtirok va qiziqish ishtiyoqini xorijiy ommaviy axborot vositalarida “Boysun bahori” xalqaro festivali haqida yoritilayotganidan ham ko‘rish, sezish mumkin.
Qozog‘istonning “Infozakon” elekron nashri “1-7 may kunlari qadimiy va betakror Surxondaryo zaminida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi” sarlavhali maqolani (http://infozakon.kz/life/24789-v-mae-uzbekistan-soberet-folkloristov-i-ozhidaet-turistov-so-vsego-mira.html) e’lon qildi. Aytish kerakki, ushbu materialda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga ko‘rilayotgan qizg‘in hozirlik, festival dasturidan o‘rin olgan tadbirlar, ushbu nufuzli festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad haqida ma’lumotlar berish bilan birga Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek To‘rayevning fikrlaridan iqtiboslar ham keltirilgan.
“Hozirgi kunga qadar xalqaro tanlovda Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Ruminiya, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston kabi davlatlarning taniqli folklor jamoalari ishtirok etish istagini bildirgan”, – deya ta’kidlangan maqolada.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

SURXONDARYODA TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SALOHIYATI NAMOYON BO‘LDI

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy...

QUMQO‘RG‘ONDA HARBIY SHAHARCHA QURILDI

Harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, ularning samarali...

OLTINSOYDA YANGI XIZMAT

Oltinsoy tumani Oqarbuloq mahallasida Ochildiyeva Zarina Bahodir qizi tomonidan...

66 YOSHLI TERIMCHI 150 KILOGRAMDAN ORTIQ PAXTA TERDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, paxta...
KunTun
KunTun