Munosib vorislar aniqlandi

Date:

Termiz shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qaroriga asosan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlov yoshlarni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilishi bilan ahamiyatli. Qolaversa, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish, innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etib, ularning iqtidor qirralarini kashf etayotir.
Bu galgi tanlovda ham 74 nafar ana shunday iqtidorli, o‘ziga ishonchi baland yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oya va loyihalari bilan ishtirok etdi. Ular orasida 20 nafar ishtirokchilar “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi etib topildi. G‘oliblar respublika tanlovida ishtirok etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun