“Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari

Date:

Shunday insonlar borki, oilaviy sharoiti og‘irligini ro‘kach qilib, to‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa-da, davlatdan ta’ma kutadi. Qabullarda nimadir ilinjida yuradi. Yana shundaylar ham borki, imkonsizlikdan imkon topishga, biroz qo‘llov bo‘lsa, oyoqqa turishga tirashadi. Sherobodlik Erkin Yormamatov ham ana shunday mehnatkash insonlardan. U bolaligidan tug‘ma 1-guruh nogironi bo‘lishiga qaramay, oziq-ovqat do‘konlarida ishlab oila byudjetiga foyda keltirishga urindi.
Sog‘ligi bo‘lmaganligi tufayli ko‘p vaqt uyida davolanishiga to‘g‘ri keldi. O‘zi mustaqil ish olib borish maqsadida mahallasidagi yoshlar yetakchisiga kompyuter xizmatlari xonasi ochish uchun kompyuter jamlanmasi so‘rab murojaat qiladi. Yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi orqali subsidiya asosida kompyuter jamlanmasi olib berildi. Hozirgi kunda o‘zi sevgan kasbi orqasidan 1 million so‘mdan ortiq daromad topmoqda.
Erkin kelajakda faoliyatini kengaytirib, o‘ziga o‘xshagan ishsiz yoshlarni shogirdlikka olib, o‘rgatib ish bilan ta’minlashni maqsad qilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun