“Termiziylar avlodimiz” shiori ostida

Date:

Eng avvalo, Termiziyga yurtida yashayotganimizdan, buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz. Shu sababdan ham birinchi navbatda tariximizni, bobolarimiz kim ekanini bilishga, o‘qib o‘rganishga harakat qilamiz. O‘zlikni tanish ana shunday boshlanadi-da. Sherobod tumanidagi umumta’lim maktablarida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “Termiziylar avlodimiz” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari yoshlarni ulug‘ allomalarimizning boy maʼnaviy merosi bilan yaqindan tanishtirishga hamda ularga munosib avlod etib tarbiyalash maqsadini ko‘zladi.
Tadbirda Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Burhoniddin Termiziy, Аbu Bakr Varroq Termiziy kabi Termiziy allomalar hamda yurtimizdan yetishib chiqqan mutafakkir zotlarning yosh avlod uchun ibrat manbai bo‘lib xizmat qiluvchi boy ilmiy merosi xususida fikrlar bildirildi. Shuningdek, allomalar merosini o‘rganish bo‘yicha yurtimiz, xususan viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

SURXONDARYODA TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SALOHIYATI NAMOYON BO‘LDI

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy...

QUMQO‘RG‘ONDA HARBIY SHAHARCHA QURILDI

Harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, ularning samarali...

OLTINSOYDA YANGI XIZMAT

Oltinsoy tumani Oqarbuloq mahallasida Ochildiyeva Zarina Bahodir qizi tomonidan...

66 YOSHLI TERIMCHI 150 KILOGRAMDAN ORTIQ PAXTA TERDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, paxta...
KunTun
KunTun