“Farzandimga kitob sovg‘a qilaman”

Date:

Bugun farzandimiz uchun qanday sovg‘a olsam ekan, deb uzoq o‘ylab o‘tirmaymiz. Kitob do‘koniga o‘tamiz-da, eng yaxshi, o‘qishli asarlarni tanlab, tuhfa qilamiz. Shu o‘rinda unutmaslik kerakki, ba’zi-ba’zida kitob haqida farzandimizning fikrini, taassurotlarini so‘rab turaylik. Ana shundagina qilgan tuhfamiz javonda chang bosib yotmaydi.
Termiz shahridagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi ham ota-onalarni befarq qoldirmadi. Har bir kitob sinchkovlik bilan varaqlab ko‘rildi. Eng, eng yaxshi adabiyotlar saralanib, farzandlarga tuhfa qilindi. O‘z navbatida bu sovg‘adan o‘quvchi-yoshlarning-da boshi osmonga yetdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun