Maqom san’ati targ‘ib etildi

Date:

Maqom san’ati ko‘pchilik sharq xalqlari musiqa merosida mavjud bo‘lib, milliy musiqaning asosini tashkil etadi. Maqomlar ma’lum tartibda yaratilgan turkumli musiqiy majmuadir. Qolaversa, bastakorlik ijodiyotining o‘ziga xos sayqal berilgan turidir. Maqomlar keng ma’noda xalq musiqasi qomusidir. Chunki ularda, xususan Shashmaqomda o‘zbek va tojik xalqlari musiqasiga xos vazn xususiyatlari, sado-ohanglar, doira usullari, she’riyat bilan xalq ashula yo‘llarining bog‘lanish qoidalariga asoslangan qator jabhalar oz to‘laqonli ifodasini topgan.


Davlatimiz rahbarining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbek milliy maqom sanʼati markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi tomonidan Termiz tuman Madaniyat bo‘limida konsert dasturi namoyish etildi.
Tuman hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Madaniyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda xorazmlik sanʼatkorlar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Dastur davomida aka-uka G‘ofur va G‘ulom Eshjonovlar ijrosidagi qo‘shiqlar tomoshabinlar uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi. Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi xalqmiz, xususan, yoshlar o‘rtasida maqom sanʼatini keng targ‘ib etish, bu orqali ular ongida milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eron tajribasi oʻrganildi

Termiz davlat universitetida eronlik mutaxassislar ishtirokida an’anaviy to‘qimachilik, tabiiy...

TERMIZDA QADIMGI TURON TARIXI VA MIFOLOGIYASI MUHOKAMA QILINMOQDA

Termiz davlat universitetida qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari, mifologiyasi...

MAHALLALARDA «3–30–300» YASHILLASHTIRISH STANDARTI JORIY ETILADI

O‘zbekistonda 2026-yil 1-oktyabrdan tozalik va ozodalik bo‘yicha ikki oylik...

NURONIYLAR SAYOHATGA YO‘L OLDI

Termiz tumanidan bir guruh nuroniy otaxon va onaxonlar yurtimizning...
KunTun
KunTun