Surxondaryoda kartoshkadan yangi hosil olindi

Date:

Janubiy hudud sanalmish Surxon vohasining iqlim sharoiti o‘ziga xos. Buning foydasini ekinlarimizning erta hosil berishidan, mevalarning-da, birinchi bo‘lib, Surxondaryoda pishib yetilishidan bilsak bo‘ladi. Denov tumanida ham tomorqadan unumli foydalangan Behruz Odinayev qishning qoq chillasida kartoshkadan yangi hosil oldi.
Behruz Odinayev dehqonchilik kasbini puxta o‘zlashtirgan. 15 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, yiliga 3 marotaba ekin ekib, 35-40 million so‘m sof daromad olib kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, erta bahorda boshqa poliz hamda sabzavot mahsulotlaridan ham hosil olishni niyat qilgan.
Darhaqiqat, uning mehnatsevarligi ortidan bugun nafaqat mahalladoshlari balki tuman aholisi ham bahramand bo‘lmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Moliyaviy intizom kuchaytiriladi

Surxondaryo viloyatida Hisob palatasi tashabbusi bilan davlat auditi va...

Yilda ikki bor

Surxondaryo viloyatida atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini yaxshilashga...

Oyda yangi noyob minerallar topildi

Xitoy olimlari Oy tuprog‘i va tog‘ jinslari namunalarini o‘rganish...

Mahorati sinovdan oʻtdi

Termiz shahridagi 16-maktabda “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining viloyat...
KunTun
KunTun