Kitobxonlik targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi

Date:

Shunday asarlar borki, qayta va qayta o‘qib, yangi ma’no uqasiz. O‘zingiz uchun xulosalar chiqarasiz. Fikrlaringiz, dunyoqarashingiz o‘sadi. Bu asar sizga shunday ta’sir qilgani uchun uni boshqalarga ham tavsiya etasiz. Yaqinlaringiz, atrofdagilar ham ana shunday ma’naviy ozuqadan bahramand bo‘lsin-da. Termiz davlat universitetida esa Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Mening sevimli asarim” nomli chellenjiga start berildi. Ushbu chellenj orqali talaba-yoshlar sevimli asarlarini tavsiya qilishadi. Tavsiya asosida o‘qilgan asarlar qatori esa oshib boraveradi.
Shu tariqa kitobxonlik darajangiz oshadi. Mutolaaga odatlanasiz. Mana sizga targ‘ibotu chellenchlarning foydasi. Ushbu loyiha orqali professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar orasida kitobxonlik keng targʻib qilinayotir. Chellenjda o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun eslatish joizki, haftaning har dushanba kuni ushbu chellenj doimiy ravishda o‘tkaziladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini...

Qulaylik yaratildi

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur...

Mehnat ortidan farovon hayot

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga...

Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida...
KunTun
KunTun