2,5 milliard dollarlik investitsiya loyihalari imzolandi

Date:

Surxondaryo delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasida xalqaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida muzokaralar olib borayotganidan xabardormiz. Ayni maqsadda Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati Urumchi shahrida birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi Surxondaryo delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Forum doirasida o‘tkazilgan “B2B” va “B2G” muzokaralarida vohamiz delegatsiyasi Xitoy tomonining rasmiylari va kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli 2,5 milliard dollarlik 25 ta investitsiya loyihalari va 130 million dollarlik 7 ta eksport kelishuvlarini amalga oshirish bo‘yicha bitim va shartnomalar imzolashga erishishdi.
Shuningdek, “Xinjiang International Convention & Exhibition Centre” markazida “Made in Uzbekistan” Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasining ochilishi boʻlib oʻtdi. Ayni damda Surxondaryo viloyati uchun ajratilgan povilyonda vohamizda ishlab chiqarilgan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, hunarmandchilik, qurilish materiallari, mebel va aksessuarlar namoyish etilmoqda. Bu albatta, mezbon tomonning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun