Termizlik o‘quvchi 3 ta xorijiy ta’lim muassasasi talabasi bo‘ldi

Date:

11-sinf o‘quvchilari oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rishayotir. Tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha fanlardan, qolaversa, biror xorijiy til o‘rganishga kirishgan. Bu bilan yoshlarning o‘z taqdiriga befarq emasliklarini ko‘rish mumkin. Albatta, bu hol kishini quvontirmay qolmaydi. Ayniqsa, til o‘rganayotgan yoshlar erishayotgan natijalar nafaqat oliy ta’limga, balki butun dunyoga imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Termiz shahridagi 12-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdushukur Xalimov ham o‘zi uchun ana shunday imkoniyatlar eshigini ochdi.
U 7 ballik IELTS sertifikatiga ega bo‘ldi. Abdushukur bu bilan kifoyalanmay, onlayn tarzda 19 ta xorijiy oliygohga hujjat topshirishni ham unutmadi. Natijalar esa Abdushukur kabi uning yaqinlari va ustozlarini ham quvontirdi. O‘quvchi 3 ta ta’lim muassasasida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Amerikaning Arizona, Iowa universiteti hamda Kolumbiya kollejiga Abdushukur grand asosida talabalikka qabul qilindi. Ko‘ramiz, Abdushukur qaysi imkoniyatdan foydalanib, o‘z yo‘lini tanlar ekan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun