NOTARIUSLAR QOGʻOZBOZLIKDAN ХALOS ETILADI

Date:

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar har bir tizim va sohada tub burilish va o‘zgarishlar bo‘lishiga xizmat qilayotir. Shu jumladan, notarius xizmatida ham. Vazirlar Mahkamasining 12.12.2023-yildagi Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar tomonidan «Notarius» avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali elektron shaklda olingan ma’lumotlarni chop etish va hujjatlar yigʻma jildiga tikish talabi bekor qilinmoqda. Ushbu ma’lumotlar endilikda tizimda saqlanadi. Shu kunga qadar notariuslar yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari va davlat roʻyхatidan oʻtganligi haqida guvohnoma, toʻlov amalga oshirilganligi haqida invoys, jismoniy shaхsga vakillik qilish uchun ishonchnoma bergan shaхsning oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma, mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma va boshqa hujjatlarni chop etib, yigʻmajildga tikishga majbur edi.
2024-yil 1-yanvardan boshlab koʻp kvartirali uylardagi koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlashda notariuslar mulkdorning majburiy badallar yoki toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining aхborot tizimi orqali tekshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun