Saxovat tadbirlari tashkil etildi

Date:

Yurtimizda bayram arafasida kam ta’minlangan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj va yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularning ko‘nglini ko‘tarish hamda har tomonlama yordamlar ko‘rsatish xalqimizga xos qadriyatga aylangan. Yangi yilda ham ayni an’ana davom etdi. Xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish, e’tiborga muhtoj yurtdoshlarimizning ko‘nglini ko‘tarish va bayram bilan tabriklash maqsadida Uzun tumanining 4-sektor hududida saxovat tadbirlari tashkil etildi.
Xususan, 4-sektor rahbari, soliq inspeksiyasi boshlig‘i Shamsiddin Qosimov tomonidan sektoridagi ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan hamda nogironligi bo‘lgan oilalar holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari tarqatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mashg‘ulot qiziqarli o‘tdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari “Hayvonlar fiziologiyasi”...

Loyiha ilmiy asoslangan

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...

Odamsimon robotlar o‘zimizda ishlab chiqariladimi?

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Janubiy Koreya biznes davra suhbati...

Oldi-sotdi ishlari raqamlashtiriladi

Prezidentning “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga...
KunTun
KunTun