Prezident bayram tabrigi va sovg‘alari yetkazildi…

Date:

Yuzida bir asrning chiziqlari nur ulashib turgandek taassurot uyg‘otuvchi piru badavlat keksalarimiz, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ham bu yilgi yangi yilni dilda shukronalik hissi ila qarshi olishayotir. Surxondaryo viloyatida ularning 5 nafari umrguzarolik qilishmoqda. Ularga Prezidentimizning yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrik va sovg‘alari yetkazib berish ishlari boshlab yuborilgan. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 100 yoshli Kenja Ilamanovning xonadonida bo‘lib, bayram bilan tabrikladi hamda Prezidentimizning tabrigini o‘qib eshittirib, sovg‘alarini topshirdi.
Faxriy nuroniy viloyat rahbari bilan suhbat davomida o‘zining urush yillari xotiralari, o‘tgan davrlarning qiyinchiliklari, hayot tajribalari haqida so‘zlab berdi. Bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish kerakligini takror-takror ta’kidlab, Prezidentimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan doimiy g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirdi.
Nuroniylar va tadbirga jam bo‘lganlar mustaqilligimiz abadiyligi, yurtimiz tinchlik-osoyishtaligi barqaror bo‘lishini, xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochishdi. Shuningdek, bugunning o‘zida Boysun, Denov, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanilarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ham bayram tabrigi va sovg‘lar yetkazib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun