Grant sohibi bo‘lishdi

Date:

Har birimiz o‘qishda bo‘ladimi ishda shunchaki soya kabi bo‘lishni istamaymiz. O‘qiymiz, ishlaymiz, izlanamiz, o‘z ustimizda ishlash bilan birga atrofdagilarga, jamiyatga naf keltirishga intilamiz. Bunda g‘oyalar, loyihalar ishlab chiqamiz va amaliyotga tatbiq etishga intilamiz. Bordi-yu, ular muvaffaqiyat qozonsa, munosib qo‘llab-quvvatlansa, bu bizni ruhlantirishi, yanada motivatsiya berishi aniq.
Termiz davlat universiteti yuridik fakultetining 3-kurs talabalari hayotida ana shunday voqea sodir bo‘ldi. Ular O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan volontyorlik loyihalari tanlovida ishtirok etib, O‘g‘iloy Saitqulova “Renessans nihollari” loyihasi uchun 50 million, Davlatbek Abdiqahhorov “Yuridik ta’lim” o‘quv dasturi ijtimoiy-huquqiy loyihasi uchun 30 million so‘m miqdordagi grant sohibi bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonga chiqdi

Termiz shahrida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati...

Xavfsizlikni eshikdan boshlash kerak

Termiz shahrining Bog‘ishamol mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga...

Propan qimmatlashdimi?

Birjada suyultirilgan gaz — propanning ulgurji narxi atigi ikki...

Qimmatga tushgan “talab”

Surxondaryoda YPX xodimi xizmat vakolatidan foydalanib, paxta ortilgan yuk...
KunTun
KunTun