“Yangi yilda yuz kitob”

Date:

Mutolaaning foydasini bilgan odam do‘stu yoriga eng yaxshi sovg‘a sifatida kitob tanlashi aniq. Yangi yil bayramini esa sovg‘a-salomlarsiz tasavvur eta olmaymiz. Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasida yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan “Yangi yilda yuz kitob” nomli tadbir tashkil etildi.


Albatta, bayram sovg‘asi sifatida kitoblarning sovg‘a qilinishi barchaning ko‘nglini xushnud ayladi. Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Ajoyib kuy-qo‘shiqlar va raqslar ko‘tarinki kayfiyat ulashgan bo‘lsa, asarlar bilan bog‘liq turli xil ertaklar hamda sahna ko‘rinishlari namoyishi o‘g‘il-qizlarni ertaklar olamiga olib tushgandek bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...
KunTun
KunTun