Kichik biznes rivojiga ko‘maklashadi…

Date:

Yurtimizda ishsiz va tadbirkorlikka qiziqishi baland fuqarolarni kichik biznesga yo‘naltirish, bizneslarini rivojlantirish uchun qo‘llab-quvvatlash jamiyatda ishbilarmonlik muhitini yaratadi, ishsizlar bandligini ta’minlab, ishlab chiqarish va xizmat turlarining kengayishiga xizmat qiladi. Termiz shahrida tadbirkorlikka qiziquvchilarni bir yerga jamlab, ularni qo‘llab-quvvatlovchi, istaklarini ro‘yobga chiqarishga yordam beruvchi “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” tashkil etildi.
Prezidentimizning joriy yilning 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu markazning ochilishida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Ushbu markaz kichik biznes loyihalarini tanlab, tashabbuskorlarni o‘qitish, moliyalashtirish va axborot bilan ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Biznes rejalar va texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, bozor topish bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatish singari tadbirkorlarni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasidagi tadbirlarni amalga oshiradi.
Yangi yildan boshlab, markaz mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlash orqali 1 200 ta subyektni kichik va o‘rta biznesga o‘tkazib, 1 300 tadbirkorning ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirishni, 450 tadbirkorning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishni mo‘ljallagan. Shuningdek, markazga yuklatilgan boshqa vazifalarni izchil amalga oshirib, sohani yangi bosqichga olib chiqishni ko‘zlagan. Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov yangi markazda bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yib, tadbirkorlarning eng yaqin ko‘makchisiga aylantirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Markazni “Biznesni rivojlantirish banki” AT banki tashkil etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kanop yetishtirish yo‘lga qo‘yildi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va yuqori daromadli...

Taʼtil sayohat bilan boshlandi

Yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90...

Sulton-Saodat majmuasi restavratsiya qilinadi

Surxondaryo viloyatidagi tarixiy-madaniy meros obyektlarini asrash va kelajak avlodlarga...

TerDU olimlari gʻolib

2026-yilgi "Akademik harakatchanlik" dasturining birinchi tanlovida Termiz davlat universitetining...
KunTun
KunTun