G‘oliblik, salomatlik uchun…

Date:

Yurtimizda bayramlar, muhim sanalar munosabati bilan katta tadbirlar, uchrashuvlar, bayram dasturlari o‘tkazilib, yurtdoshlarimiz munosib xordiq chiqarishadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Surxondaryo viloyatida ham bayram tadbirlari, kechalar, sport musobaqalari, bilimlar bellashuvlari o‘tkazildi. Termiz shahrida o‘tkazilgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni esa ana shunday tadbirlarning davomi bo‘ldi, deyish mumkin. Erta tongdan bir maqsad yo‘lida yoshu keksa bir manzilda jam bo‘lganidan ko‘rish mumkinki, yugurish marafoniga va davlatimiz ramzlariga xalqimizning e’tibori nihoyatda katta.
Yugurish marafonida 4 mingdan ortiq ishtirokchi 3 kilometr masofa sari yugurish uchun start chizig‘iga turdilar va g‘oliblik, salomatlik uchun birga yugurdilar. Tantanali musiqa sadolari bilan yuqori kayfiyatda boshlangan marafonda barchaning qo‘lida davlatimiz bayrog‘i hilpirab turgani kishi ko‘nglida beixtiyor vatanparvarlik tuyg‘ularini mavjlantirib yuboradi.
Va nihoyat marafon ishtirokchilari birinma-ketin belgilangan masofani bosib o‘tib, finish chiziga ham yetib keldilar. Jarqo‘rg‘onlik Bekzod Boymatov birinchi bo‘lib, finishdan o‘tdi va g‘olib bo‘ldi. Marafon taqdirlash marosimiga ulanib, g‘oliblar munosib taqdirlandi. Ajoyib kuy-qo‘shiqlar barchada bayram kayfiyatini ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun