“Vatanparvarlar bog‘i” xizmatga shay

Date:

Termiz shahri mahalliy aholi va mehmonlar ko‘z o‘ngida kundan-kunga chiroy ochib bormoqda. Osmono‘par binolari, ko‘ngilochar maskanlarda, obod va fayzli ko‘chalarda kezishning o‘z gashti bor, albatta. Bir tomonda Yoshlar bog‘ining foydalanishga topshirilgani ko‘ngilimizni tog‘dek ko‘targan bo‘lsa, shaharning boshqa tomonida “Vatanparvarlar bog‘i”ning-da, xalq xizmatiga topshirilishi ikkinchi quvonchli hodisa bo‘ldi. Bog‘ning ochilish marosimi 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga to‘g‘ri keldi.

Mazkur sana munosabati bilan Surxondaryo viloyatida ham qator tadbirlar bo‘lib o‘tayotgan bir paytda 3,8 gektar maydonda yangidan barpo etilgan “Vatanparvarlar bog‘i” ham tashrif voha ahli bilan gavjum bo‘ldi.
Aytish kerakki, bog‘ 4 ta hududga ajratilgan bo‘lib, har bir tashrif buyuruvchida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otish bilan birga, madaniy xordiq beradi. Hududlae o‘z yo‘nalishiga monand tarzda jihozlangan.

Ayniqsa, hududda o‘rnatilgan tarixiy eksponatlar va harbiy texnikalar yoshlarga milliy armiyamizning tarixi va buguni haqida ma’lumotlar berish bilan birga ularda harbiy vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.


Shuningdek, bog‘ hududida yangi hunarmandchilik markazi va zamonaviy kutubxona ham tashkil etilgan. Davlatimiz bayrog‘ining 32 yillik bayrami tantanalari va “Vatanparvarlar bog‘i”ning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, harbiylar, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etishdi va vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun