Aholi muammolari o‘rganildi

Date:

Oramizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishlab o‘z kunimni ko‘ray desa sog‘ligi yo‘q, qandaydir baxtsiz hodisalar bilan aravaga mixlanib yoki og‘ir dard bilan to‘shakka yotib qolgan insonlarni tez-tez uchratib turamiz. Ular bizga begona emas, mahalladoshimiz yoki biror yaqinimiz bo‘lishi mumkin. O‘zim yashaydigan mahallamdan bir ayolni bilaman, u juda tirishqoq, uddaburon, tijorat bilan shug‘ullanadigan, hech kimga muxtoj bo‘lmagan ayol edi.
Alloh sevgan bandasini dard berib sinaydi, deganlaridek bu ayol ham og‘ir dardga chalinib, yotib qoldi. Dori-darmon, kerakli muolajaalar, bemorga qarov kerak deganlaridek, bularning bari oilani qiyin ahvolga solib qo‘yardi. Xalqimizda saxovatli, mehr-oqibatli insonlarning boriga shukrki, ular sabab bu oilaga tez-tez oziq-ovqat, kerakli buyumlar bilan yordam qo‘li uzatiladi.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tumandagi At-Termiziy va “Yangiyer” mahallasidagi aholi muammolarini o‘rganishni boshladi. O‘rganish jarayonida mazkur mahallalardagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarning yashash sharoiti, ta’mirtalab xonadonlarni ko‘zdan kechirib, bemorlar holidan xabar olishdi. Shuningdek, deputatlar mahalla faollari bilan ba’zi masalalar yechimi yuzasidan suhbatlashishdi va tegishli chora-tadbirlar belgilab olishdi.

D.Quzimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun