“Ma’naviyat marafoni”

Date:

Erta tongdan sherobodlik yoshu keksa “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanimiz!” shiori ostida bir yerda jam bo‘ldilar va “Ma’naviyat marafoni”ga start berildi. Ha, birlashishning, hamjihatlikning kuchi marafonda sezildi. Barcha marra tomon birgalikda borishdi.
Tumanning markaziy ko‘chasi bo‘ylab tashkil etilgan marafonda tuman hokimligi, Sherobod tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, Madaniyat bo‘limi, korxona va tashkilot, muassasalar xodimlari, shuningdek, tumandagi yuqori natijalarga erishgan sportchilarimiz “Vatanim bayrog‘ini baland ko‘taramiz” loyihasi doirasida davlatimiz bayrog‘ini g‘urur bilan ko‘tarib, oldinga intildilar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining yangragani esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashish bilan birga, vatanparvarlik tuyg‘usini ham uyg‘ota oldi. Marafon doirasida tumanda bir qancha tadbirlar bo‘lib o‘tishi reja qilingan bo‘lib, tuman ahli ayni tadbirlarda jonbozlik va faollik ko‘rsatishayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun