Yosh tadbirkor bilan uchrashuv

Date:

Surxondaryo viloyati bo‘ylab joylarda faol tadbirkorlar bilan yoshlar, keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlari tashkil etib kelinayotganidan xabardormiz. Albatta, uchrashuv qahramonlari tadbirkorlikda muvaffaqiyat qozongan, katta tajribaga egan qahramonlar ekani ma’lum. Bu galgi uchrashuv tajribali, ammo yosh ishbilarmon qiz bilan bo‘ldi.
Aytish kerakki, hunarmandchilik sohasida tumanda va mahalladoshlari o‘rtasida hurmat va e’tibor qozongan yosh tadbirkor Nazokat Sobirova uchrashuv davomida yoshlarga o‘zi va erishgan yutuqlari hamda ish jarayonlari haqida so‘zlab berdi.


Ha, Nazokat Sobirovani nafaqat o‘zi yashaydigan Boysun tumanidagi “Toqchi” mahallasidagilar, balki surxondaryoliklar yaxshi biladi va ishlab chiqargan mahsulotlarini ko‘rgazma va festivallarda xarid qilishni hush ko‘rishadi. Yosh tadbirkor “Nazokat milliy mahsulotlari” ishlab chiqarish kooperativ korxonasini tashkil etib, ko‘p tarmoqli tadbirkor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Uning shijoati bilan milliy hunarmadchilikning qo‘lda gilam to‘qish, do‘ppi, ayollar milliy liboslari hamda har xil turdagi sumkalar tayyorlash sohasining eng mohir ustasi, tajribali va yetuk mutaxassisi sifatida tanilib, ishchanlik, tashabbuskorlik, fidoyilik xususiyatlari bilan tumanda va mahalladoshlari o‘rtasida hurmat va e’tibor qozongan.


Ana shunday hurmat va e’tiborning namunasi, mehnatlarining samarasi Nazokatning ko‘ksiga 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Kelajak bunyodkori” medali bo‘lib taqildi. Bu har qanday yoshga, el xizmatiga bel bog‘lagan ishbilarmonga g‘urur-iftixor bahsh etadi. O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yib odimlashiga turtki bo‘ladi. Nazokatda ham xuddi shunday. U ham kelajagidan katta umid bog‘lab, shijoat bilan ishga kirishgan.
Nazokatdag iqtidor bejizga emas, u oilasida oltinchi avlod hunarmad hisoblanib, momolari hunarini davom ettirib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib kelmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda yangi hayot nafasi

Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nafaqat shahar qiyofasini...

103 xizmati faoliyati raqamlarda

Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu...

Yong‘in-qutqaruv salohiyati yangi bosqichda

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga...

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...
KunTun
KunTun