Malakasi oshirilmoqda

Date:

Qaysi tashkilotda faoliyat olib borishdan qat’iy nazar har bir xodim davlat tilida ish yuritishni bilishi shart. Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida ishchi-xodimlar, rahbar va mutaxassislarning o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish kurslarida o‘qishi yo‘lga qo‘yilgan.
Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilayotir. Navbatdagi o‘quv kursiga ham viloyatimizning barcha tumanlardagi davlat tashkilotlarining mas’ul xodimlari, devonxonalar, vazirliklar hokimliklar boshqaruv xodimlari va kadrlar bo‘yicha ijro intizom xodimlari jalb etildi.
“O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” o‘quv kursi 144 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, tinglovchilarda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, davlat tilida ish yuritishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.
Kurs nafaqat mashg‘ulot va qiziqarli ma’ruzalar bilan o‘tmoqda, balki vohaning tarixiy obidalariga borish, ziyorat qilish ham dasturga kiritilgan bo‘lib, tinglovchilarning vaqtlarini mazmunli o‘tishiga xizmat qilmoqda. Dars yakunida esa tinglovchilar test sinovlaridan o‘tkazilib, ularga sertifikat hamda faol qatnashganlarga tashakkurnomalar topshiriladi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun