Ilm o‘rganish hikmati

Date:

Keksa otaxon nabirasi bilan tog‘li hududda, daryo bo‘yida yashardi. Nabira har tong bobosining kitob o‘qib o‘tirganini ko‘rar va sekin yoniga borib cho‘kkalab o‘tirar, quloq solar edi. Asta-asta o‘zi ham o‘qishni o‘rgandi. Bir kuni u:
— Bobo, men ham sizdek o‘qiyman, ammo ma’nosini tushunmayman. O‘qigan joylarim tezda yodimdan chiqib ketadi, bunday o‘qishdan nima foyda, — dedi.
Bobo savatdagi ko‘mirni pechga solib, nabirasiga yuzlandi:
— Mana bu savatni ol-da, daryodan bir savat suv keltir, — dedi.
Nabira bobosi aytganidek qildi. Ammo, uyiga qaytgunicha hamma suv savatdan oqib ketdi. Bobosi kulib:
— Kayingi safar tezroq yurishingga to‘g‘ri keladi, — dedi va nabirasini yana daryoga yubordi.
Bola daryodan suvni oliboq uyga yugurdi. Lekin bu safar ham hamma suv oqib ketdi. Bola hansirab kelib, bobosiga savatda suv olib kelish imkonsiz ekanligini aytdi va qo‘liga chelak oldi. Shunda bobosi:
— Menga chelak bilan emas, shu savat bilan suv keltir. Sen yetarlicha harakat qilmayapsan, — dedi.
Bola savatda suv keltirib bo‘lmasligini, qancha urinmasin, suv savatdan oqib ketaverishini bobosiga ko‘rsatgisi keldi va yana savatni daryoga tashladi. Uni olib bor kuchi bilan yugurdi. Bobosining yoniga yetib kelganida savatda bir tomchi ham suv qolmagan edi. Bolakay hansiragancha:
— Bobo, savatda suv keltirib bo‘lmaydi, — dedi.
— Harakatim behuda ketdi deb o‘yladingmi? Bolam, savatga bir qaragin, — dedi bobo nabirasiga. Bolakay savatga qaradi. Ko‘mir solinadigan qop-qora, kir va eski savat top-toza bo‘lib qolganini ko‘rdi. Shunda bobosi unga:
— Bolajonim, sen kitob o‘qiganingda ham shunday hol yuz beradi. Sen hech narsa tushunmasligining yoki eslab qolmasliging mumkin, lekin uni uqqaningda ichki, tashqi tomondan o‘zgarasan, tozalanasan, qalbingga ziyo kiradi, — dedi.

Oldingi sahifaYosh tadbirkor bilan uchrashuv
Keyingi sahifaOta ibrati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun