Muammo yechim topdi

Date:

Sho‘rchilik xotin-qizlarining yillar davomida to‘planib kelayotgan muammolari bir kunda yechim topdi. Barcha ayol ham muqim ishi bo‘lishni istaydi. Ana shundagina oila byudjetiga foyda keltirish bilan birga, ro‘zg‘orini butlashadi, kam-ko‘stini to‘ldirishadi. Xolbuki, ishi va hunari yo‘qlar ham bugun e’tibor va g‘amxo‘rlik ostida. Kasb-hunar o‘rganib, ish boshlashlari mumkin.
Shu maqsadda ishsizlik muammolari bilan ro‘yxatga olingan xotin-qizlar hunar o‘rganib, o‘zi yoqtirgan kasb sirlarini egallab, kasbini rivojlantirishni boshlab yuborishgan. Tikish-bichishni o‘rganib, ish boshlashga taraddudlanayotgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 88 nafar xotin-qizga o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida zamonaviy tikuv mashinalari subsidiya asosida tarqatildi. Bundan ayollarning quvonchi cheksiz. Endi ular o‘z-o‘zini band qilib, daromad ko‘rishni boshlashadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nazorat kuchaytirildi

Qurilish sohasida tartib-intizom va qonuniylikni ta’minlash yoshlar uchun xavfsiz...

Nozima chempion bo‘ldi

Sport bilan shug‘ullanish yoshlar salomatligini mustahkamlash bilan birga, ularda...

Xo‘jayipok ziyoratgohi yangilanadi

Ziyoratgoh va tarixiy maskanlarni obodonlashtirish yoshlar uchun ma’naviy tarbiya...

Hamkorlik samarali kechmoqda

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoshlar uchun yangi...
KunTun
KunTun