Murojaatlar ijrosi ta’minlandi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi tumanlardagi iqtisodiy va boshqa barcha yo‘nalishlarda ketayotgan o‘zgarishlarni, mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganish maqsadida hududlar kesimida o‘rganish ishlarini olib borar ekan, albatta, keng jamoatchilik fikriga, muammo va murojaatlariga ham quloq tutishi odat tusiga kirgan.
Navbatdagi ana shunday uchrashuv Boysun tumani “Pulhokim” mahallasida tashkil etilib, bu safar ham viloyat hokimi aholi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tinglagan edi. Qabulda ko‘tarilgan qator masalalar hal etilib, mahallada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani esa e’tirof etarli jihat.
Xususan, mahallaning 1,5 kilometr yo‘li asfaltlandi, qariyb 1 kilometr piyodalar yo‘lagi qurildi va yo‘l bo‘ylab quyosh panelli ko‘cha yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Shuningdek, mahallaning 6,6 kilometr tuproq yo‘llariga tosh-shag‘al yotqizilib, ta’mirlandi. Amalga oshirilgan ishlarning qanday ketayotgani esa doimiy nazorat ostida. Natijada esa mahallaning “Bog‘chasaroy” ko‘chasi foydalanishga topshirildi.

Oldingi sahifaMuammo yechim topdi
Keyingi sahifaTashrif doirasida…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun