Oltinsoyda eko bozor va avtoturargoh qurilishiga start berildi

Date:

Qayga bormaylik birinchi navbatda o’sha hudud yoki davlatning bozoriga boramiz. Bozor-o’charimiz mezbon yurtga nisbatan munosabatimizni belgilab bergandek bo’ladi. Shu sababdan ham birinchi navbatda bozorlarning obodligiga, narx-navoning arzon, mahsulotlarning sifatiga alohida e’tibor qaratiladi. Oltinsoy tumanidagi “Ipoq” mahallasida “Al-ayzin” MChJ tomonidan loyiha qiymati 70 milliard so‘m bo‘lgan, 252 ta savdo do‘konlarini o‘z ichiga olgan “Eko bozor” va “Mash’al Yu.S.N.” MChJ tomonidan loyiha qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan avtoturargoh qurilishi boshlandi.
Har ikki loyihaning ishga tushirilishi hisobiga 1 100 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyihalarni 2024-yilda ishga tushirish belgilangan. Ushbu tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, loyihaga start berdi hamda qurilish kelgusida aholining demografik o‘sishini hisobga olish, zarur qulaylik va sharoitlarni yaratish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.
Yangi loyihalarni boshlash oldidan ehson uchun jonliq so‘yilib, yurt tinchligi va osoyishtaligi hamda boshlangan ishlar rivojini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun