“Mening oilam – mening huquqim”

Date:

“Yuksalish” umummilliy harakati va O‘zbekiston notarial palatasi hamkorligida Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da “Mening oilam – mening huquqim” shiori ostida ijtimoiy aksiya tashkil etildi. Mazkur aksiya “Notarius maslahati” gazetasining Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan grant loyihasi doirasida, shuningdek fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, xalq bilan o‘zaro aloqalar mexanizmini yaratish, huquqni qo‘llash sohasida mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.


Aksiyada 10 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi malakali notarius yoshlar va mahalla fuqarolariga huquqiy maslahat berish jarayonida ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan fuqarolarga turli huquqiy muammoli masalalarda, shu jumladan nikoh, ko‘chmas mulk (hadya, oldi-sotdi shartnomalari, ayriboshlash shartnomalari), hujjatlar tarjimasini bir tildan boshqa tilga o‘girish, uy-joy bo‘yicha ishonchnoma maslahati, er-xotinning umumiy mulkdagi shartnomasi, nizolarni sudgacha hal qilish va meros masalalari yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar va amaliy yordam ko‘rsatildi.


Aksiyada ishtirok eta olmagan fuqarolar uchun “Yuksalish” UMH Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi va O‘zbekiston Notarial palatasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi elektron manzillari berildi.

Islom Mengliyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviy mas’uliyat ham muhim

Hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish insonparvar jamiyatning muhim mezonlaridan...

Oʻzaro kuch sinashdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini yuksaltirish...

Oltinsoy uzumi eksport yo‘lida…

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantiradi,...

Bilimlar yanada mustahkamlanadi

Ta'lim sifati faqat nazariy bilim bilan emas, balki zamonaviy...
KunTun
KunTun