Jarqo‘rg‘onda paxta terimi boshlandi

Date:

Qayga bormang, dalalarda qiyg‘os ochilgan paxta dalalariga ko‘zingiz tushadi. Lo‘ppi-lo‘ppi ochilgan paxtalar terib olishlarini istayotgandek ko‘rinishda. Jarqo‘rg‘on tumanidagi mavjud 7 140 gektar maydondagi paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish ishlari esa boshlab yuborildi. Fermer xo‘jalik rahbarlari paxta hosilini terish uchun mahallada ishsiz, ijtimoiy qiynalgan oila vakillarini mavsumiy ish bilan ta’minlamoqda.
Quvonarlisi, mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlash maqsadida eng ko‘p paxta tergan terimchilar uchun sovg‘alar ham tashkil etilgan. Shuningdek, terim otryadlari va terimchilar uchun paxta maydonlarida toza ichimlik suvi, issiq ovqat va boshqa zarur sharoitlar yaratilib, yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish boshlab yuborildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun