“Prezident sovg‘asi” yetkazib berildi

Date:

7 yoshga to‘lib, 1-sinfga maktabga borishini bilgan o‘g‘il-qiz borki, maktab formasi xarid qilingan kundan boshlab, o‘qish boshlanishi intiqlik bilan kutishadi. Eng hayajonlisi, 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovgʻasi” jamlanmasining berilishi. Bu yil 732 960 nafar bolaning 1-sinfga chiqishini hisobga olsak, xuddi shuncha “Prezident sovgʻasi” xaridi amalga oshirilgan va ular allaqachon tuman boʻlimlari orqali hududlarga yetkazilgan.
“Prezident sovgʻasi” tarkibida 12 turdagi oʻquv quroli o‘rin olgan bo‘lib, ular joriy yilning 25-avgustiga qadar Vazirlikning adm.maktab.uz (https://adm.maktab.uz/login) elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablarida o‘z egalarini kutayotir.
Surxondaryo viloyati rahbarining topshirig‘iga asosan, barcha tumanlar qatori Sariosiyo tumanidagi yakka tartibda ta’lim oladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj 50 nafar o‘g‘il-qizga ham tuman sektor rahbarlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” yetkazib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar aniq, ijrosi muhim

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida...

Maktablar qishga tayyor

Termiz shahar hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi...

“Maromiylik” — isrofning oldini oladi

Yurtimizda to‘y va marosimlarni tartibga solish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish...

Kelishuv manfaatli boʻldi

Surxondaryoda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasining Fors viloyati hokimi...
KunTun
KunTun