Yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi

Date:

Sariosiyo tumanidagi “Turmushobod” mahallasining yosh-u kattasining quvonchi cheksiz. Bir necha kundan keyin yangi o‘quv yilining boshlanishi bir quvonch bag‘ishlasa, turmushobodlik o‘quvchi-yoshlar yangi o‘quv yilini yangi maktabda o‘qishni boshlashlari barchaning hayajoniga sabab bo‘lyapti.
Sababi mahalladagi 43-sonli maktab binosi anchayin eski va ta’mirtalab bo‘lgani uchun qayta qurish ishlari boshlangan edi. Maktab 2023-2024-o‘quv yili boshlanishi oldidan qurib foydalanishga tushgani haqiqatda quvonchli hodisa bo‘ldi. Maktab ma’muriyati o‘quv yilining ilk kunini kutmay ochilish marosimini o‘tkazdilar. Marosimda mahalla ahli, ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.


Aytish kerakki, 460 o‘rinli ushbu umumta’lim maktabi binosidagi sinfxonalar keng va yorug‘, shinam. Barcha shart-sharoitlar hamda qulayliklar yaratilgan. Shuningdek, maktabining yangi o‘quv binosida zamonaviy o‘quv xonalari bilan birga, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmuni o‘tkazish uchun 2500 mingdan ortiq badiiy kitoblar to‘plami mavjud bo‘lgan kutubxona, yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan kompyuter xonalari, kasb-hunar o‘rganishga mo‘ljallangan to‘garak xonalari mavjud.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun