Onaga farzandi qaytarildi

Date:

Kim ham ajrashish uchun, bir kuni ota uyiga qatib kelish uchun oila quradi, turmushga chiqadi deysiz. Zamira ham Tohirga turmushga chiqib, orzulari kabi oppoq ko‘ylakni kiyib, kuyov uyi ostonasidan kirayotganda faqat va faqat baxtli bo‘lish, qo‘sha qarish o‘y-xayolida bo‘lgandi. Ammo, turmush o‘rtog’ining yaqin qarindoshlari bilan kelishmovchilik va nizolar farzandli bo‘lganda ham to‘xtamadi. Bu mashmashalarning oxiri esa Zamiraning ota uyiga quvilish bilan tugadi. Yetmaganiga endigina bir yoshga kirgan bolasini esa olib qolishdi.
Qaysi ona bunday tanlovga rozi bo‘lib, farzandini berib, oilasining buzilishiga jim qarab turardi. Shundan so‘ng, ushbu masala fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudida atroflicha ko‘rib chiqilib, bola ona tarbiyasiga muhtojligi sabab da’vo talabi qanoatlantirildi. Majburiy ijro byurosi Angor tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, javobgar taraf bir necha bor ogohlantirildi.
Sud qarori ijrosini ixtiyoriy bajarishdan bo‘yin tovlagani uchun byuroning Angor tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari tayinlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tegishli soha vakillari hamda xolislar jalb qilindi. Davlat ijrochilari sud qarori ijrosi ta’minlanishi va bola ona tarbiyasiga qaytarilishi lozimligi tushuntirilgan bo‘lsa-da, tan olishdan bo‘yin tovlab faol qarshilik ko‘rsatishga harakat qilishdi. Salkam 4 soat davom etgan majburiy ijro harakatlari natijasida bola sog’-salomat ona tarbiyasiga olib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qishga tayyorgarlik qizg‘in

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi...

Kontraktni hokimliklar qoplaydi

O‘zbekiston hukumati qaroriga muvofiq, mahalliy hokimliklar har yili ehtiyojmand...

Kuzda ham bahoriy kayfiyat ulashib

Jarqo‘rg‘on tumani bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom...

Yangi agentlik tashkil etiladi

«Yengil sanoat sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish...
KunTun
KunTun