Hunaridan zavq olib…

Date:

Gilamning turi ko‘p. To‘qilish uslubi, rangi-yu naqshlariga qarab didingizdagini tanlayverasiz. Asosiysi xonangiz dizayniga qolipdan tushsa bo‘lgani. Hamyonimizga qarab gilam tanlarmiz-u, uni to‘qish haqida hech o‘ylab ko‘rmagan bo‘lishimiz aniq. Ammo, sho‘rchilik Balxin Choriyeva gilam to‘qishdan zavq oladi. To‘qishni ish emas, sevimli mashg’ulot deb bilgani uchun ham vaqtning qanday o‘tgani sezilmaydi. Bu kasb Balxin opa uchun momokasb, shuning uchun ham bolaligidan gilam to‘qishni o‘rgandi.
Ezgu niyatlar bilan qizlarining sepiga, qarindosh-urug‘larning uy to‘ylariga atab olacha, julvaroq, poyandoz kabi to‘shama gilamlar to‘qir edi. Opa gilamlarning ipini urchuqdan o‘zi yigiradi. Yoniga yondosh, dastyor qizlari va kelinlari esa eng yaqin ko‘makchi. Yigirilgan iplarni tabiiy bo‘yoqlarda bo‘yab, so‘ngra gilam to‘qish jarayonini boshlashadi.
– Gilam to‘qishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Kamalak misoli tovlangan iplar yordamida qurilgan o‘rtakdan gilam to‘qish kishiga o‘zgacha zavq beradi. Qo‘lingiz harakat qilsa-da, ruhan dam olasiz. Ilhomim kelgan paytlar shoshilmay, kelinlarim qatori o‘zim ham astoydil gilam to‘qiyman, – deydi Balxin Choriyeva.
Ko‘p yillardan buyon gilam to‘qib, qo‘shni qizlaru kelinlarga ham o‘rmak qo‘yish, gilam to‘qish sirlarini o‘rgatayotgan Balxin Chorieva “Chumchuq ko‘z”, “Sabov suqma”, “Atlas nusxa” gilamlarini mahorat bilan to‘qimoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun