…muammolari tinglandi

Date:

Yurtimizda kechirimlilik siyosati hukm suradiki, barchaga ishonch bildiriladi va ikkinchi imkon beriladi. Bunday g‘amxo‘rlikdan bahramand bo‘lganlar esa davlatdan, amaldagi boshqaruvdan roziligiga erishish bilan birga, hayotini izga soladi. Sherobod tuman IIB binosida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha viloyatdan biriktirilgan vakil U.Alimov, tuman prokurori B.Yunusov, tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurovlar ishtirokida probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning muammolariga quloq tutildi.
Suhbat jarayonida 5 nafar nazoratda turgan shaxs tomonidan kredit olish istagi bildirildi. Turgan gapki, mas’ullar tomonidan ushbu murojaat nazoratga olinib, tegishli tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.


Shuningdek, 2023-yilning 6 oyi davomida jinoyatchilik bo‘yicha qizil toifaga kiritilgan “Katta hayot” mahallasi beshligining yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklari tanqidiy tahliliy muhokama qilindi, huquqbuzarlik va jinoyatchilik sodir etilishining oldini olish bo‘yicha rasman ogohlantirildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad nazoratda turgan shaxslarni qayta jinoyat sodir etilishining oldini olib, bandligini ta’minlash hamda hayotga moslashtirishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun