Qizini sotishga uringan ota ushlandi

Date:

Siz ota yoki onasiz. Dunyoga keltirgan farzandingizni sota olasizmi? Agar sotsangiz uni qanchaga baholardingiz… Bu savol qanchalik ahmoqona va erish tuyiladi, to‘g‘rimi? Ammo, Angor tumanida o‘z qizini sotayotgan erkak qo‘lga olindi. Qizining bahosini esa 35 million so‘mga qiymatladi.
Angor tumanida 54 yoshli I.T. o‘zining shar’iy nikoh asosida 2019-yildan buyon birga yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i 1994-yilda tug‘ilgan X.S.ning 2023-yilning 17-iyulda tug‘ilgan qizini sotmoqchi bo‘ldi.
Afsus, ana shunday odamfurushlar bilan bir zamonda, bir jamiyatda yashayapmiz. To‘g‘ri, ota bu qilmishi bilan qonun oldida javob berar, jarima ham to‘lar. Ammo, vaqti kelib, bu otaning farzandlari bir paytlar ularni sotmoqchi bo‘lganini bilsa, qanday qabul qilarkin… buyog‘ini esa vaqt ko‘rsatadi.
Hozirda esa I.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun