ITALIYADAN ULKAN YUTUQLAR BILAN…

Date:

Dunyo arenalarida davlatimiz bayrog‘i eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilib, madhiyamiz yangrayotganda, ma’nosini tushunmasa-da, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib turgan o‘zga millat vakillarini kuzatib turib, beixtiyor g‘ururlanib, ko‘nglingiz mavjlanib ketadi, ko‘zlaringizga yosh qalqsa ham ajab emas.
Bunga sabab nima deb o‘ylaysiz, albatta, bor kuch va mahoratini namoyon etgan o‘zbek sportchilarining erishgan g‘alabasi, maydonga tushib g‘oliblik uchun qilgan harakati… bundan lol qolgan tomoshabinning esa sportchilarimizga qo‘ygan ixlosi in’ikosidir.
Italiya davlatining Teramo shahrida gandbol bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elliginchi “Interamnia World Cup” musobaqasida ham xuddi shunday bo‘ldi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan RKOR yoshlar jamoasi mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. Bor kuch va g‘ayratini kuchga solib, ustunlikka ega bo‘lishdi va shohsupaning chempionlik pog‘onasini zabt etishdi.
Quvonarlisi esa ushbu jamoa tarkibida surxondaryolik yosh iqtidorli gandbolchi, Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi o‘quvchisi Jaloliddin Eshonqulov ham bor.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun