Yosh matematikning katta marralari

Date:

Ba’zan katta orzular sari qo‘yilgan ilk qadamlar ham salmoqli natijalarga olib keladi. Buning uchun yosh, avvalo, bilimga chanqoqlik va tinimsiz izlanish muhim. Sho‘rchi tumanida yashovchi 4-sinf o‘quvchisi Shohjahon Jo‘rayevning yutuqlari bunga misol bo‘la oladi.

Bobur mahallasida istiqomat qiluvchi, 21-sonli umumta’lim maktabida tahsil olayotgan Shohjahon matematika faniga qiziqishi, zukkoligi va intiluvchanligi bilan tengdoshlari orasida ajralib turmoqda. U KHISO olimpiadasi tomonidan tashkil etilgan respublika saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, STEM SPRES xalqaro matematika olimpiadasining final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Yana bir quvonchli natija — Shohjahon Atlantia matematika olimpiadasida faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, ushbu musobaqaning ham final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Hali to‘rtinchi sinfda tahsil olayotgan yosh matematikning bu natijalari uning bilimga bo‘lgan qiziqishi va izlanishlari samarasi. Endi oldinda xalqaro final bosqichlari va yangi marralar turibdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Har bir xonadon daromadli bo‘lishi kerak

Denov tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bandligini...

Murosa va muloqot — oilaviy barqarorlik omili

Oiladagi kelishmovchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish,...

Tabiatga e’tibor — amaliy tashabbuslarda

Atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish faqat targ‘ibot bilan...

Yashil hududlar kengaytirilmoqda

Yo‘l infratuzilmasini obodonlashtirish bilan birga, uning atrofida yashil hududlarni...
KunTun
KunTun