Angor tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochampionati doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining 2025-yil 13-oktyabrdagi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirda yoshlar faol ishtirok etdi.
Unda turli manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, hududni ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo‘shildi. Bunday tashabbuslar yoshlar orasida tabiatga mehr va ekologik mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qiladi.

